Koronaviruslar xaqida batafsil maʼlumotlar.
DO`STLARGA ULASHING:
Qolgan uchta serotipi nisbatan ogʼir va baʼzida oʼlimga sabab boʼluvchi kasalliklar keltirib chiqaradi. Bular 21 asrda oʼlimga olib boruvchi zotiljam kasalligi yirik epidemiyasi sababchisi boʼldi.
COVID-19 yuqish yoʼllari.
COVID-19 aniqlangan dastlabki vaqtlarda yuqishini Uxandagi qush bozori bilan bogʼliq deb xisoblangandi, chunki odamlarga virus dastlab xayvonlardan yuqqan edi.Odamdan odamga yuqishi bemorning zararlangan ajratmalari, asosan nafas yoʼllaridan ajraluvchi yirik tomchilar orqali boʼladi. Shuningdek virus bilan zararlangan yuzalar bilan kontakt boʼlganda xam yuqishi mumkin. Infektsiya fekal-oral yoʼl bilan xam yuqishi mumkinligi aniq emas, shuningdek bemor nafas yoʼllaridan ajraluvchi mayda tomchi(aerozol)larni infektsiya yuqishidagi roli aniq emas.
Olimlar COVID-19 yuqish darajasini SARS ga qaraganda yuqoriroq va uni tarqalishi grippga uxshab deb taxmin qilishyapti.
2003 yilda atipik pnevmoniya tarqalishida suppertashuvchilar muxim rol oʼynagan edi, COVID-19 da xam shunday boʼlishi mumkin. Suppertashuvchi – bu infektsiyani odam oʼrtacha tarqatishi mumkin boʼlganiga qaraganda koʼproq tarqatuvchi kishilardir.
Infektsiyani maxalliy yoki dunyo boʼylab tarqalishini oldini olish uchun karantin va izolatsiyalash chora-tadbirlari qoʼllanilmoqda.
COVID-19 klinik belgilari.
Odamda COVID-19 belgilari ozgina boʼlishi mumkin, yoki umuman boʼlmasligi mumkin, lekin baʼzi bemorlar axvoli oʼta ogʼirlashishi va xatto oʼlim kuzatilishi mumkin.Isitma, yoʼtal va nafas qisishi belgilari boʼlishi mumkin. Kasallik ogʼir kechayotgan bemorlarda limfopeniya va vizual diagnostik tekshiruvda zotiljam belgilari aniqlanishi mumkin.
Kasallik yashirin davrining aniq vaqti maʼlum emas, u taxminan 1 kundan 14 kungacha davom etishi mumkin. Oʼlim kuzatilish xolati dastlabki bahosi xitoyda 2,3%. Oʼlim xolati yoshi kattalarda koʼproq uchraydi.
COVID-19 diagnostikasi.
• Yuqori va pastki nafas yoʼllari ajratmalari va qon zardobini teskari transkriptsiyali PTsR orqali tekshirish.
Kasallikka yana quyidagi belgilariga qarab xam tashxis qoʼyiladi
• Isitma yoki pastki nafas yoʼllari kasalligi belgilari (masalan, yoʼtal yoki nafas qisishi) bor boʼlgan bemor 14 kun ichida COVID-19 laborator tasdiqlangan bemor bilan yaqin muloqatda boʼlgan boʼlsa. Yaqin muloqot deganda – COVID-19 bilan xastalangan bemorga 2 metrdan kam masofada yaqin turishi, bunday bemorni uzoq vaqt parvarish qilishi, u bilan yashashi, bemordan ajralgan ajralmalar bilan ximoya vositalarisiz aloqada boʼlishi tushiniladi.
• Isitma va pastki nafas olish yoʼllari kasalligi belgilari (yoʼtal yoki nafas qisilishi kabi) bor boʼlgan bemor anamnezida soʼngi 14 kun ichida Xitoyning Xubey provintsiyasida boʼlganligi aniqlansa.
• Sayoxat tarixidan qatʼiy nazar nomalum sababli pastki nafas yoʼllari oʼtkir ogʼir xastaligi bilan shifoxonaga kelgan bemorda COVID-19 boʼlishi mumkin deb xisoblanadi.
DavoCOVID-19 davolash.
• Qoʼllab-quvvatlovchi.Xozirda COVID-19 ga qarshi vaksina yoki boshqa maxsus davosi mavjud emas. Shuning uchun davolash kasallik belgilarini bartaraf etishga (simptomatik) va bemorni immunitetini oshirishga qaratiladi.
Kasallik tarqalishini oldini olishga koʼmaklashish uchun tibbiyot xodimlari bemorda COVID-19 borligiga gumon boʼlganda kontakt yoʼl bilan va xavo-tomchi yoʼl bilan yuquvchi kasalliklardan ximoyalanish chora tadbirlarini koʼrishlari kerak.
Koronaviruslar xaqida batafsil maʼlumotlar.