STUPA

STUPA

STUPA (sanskritcha — choʻqqi) — asosan, dumaloq yoki toʻrtburchak shaklda qurilib, diniy marosimlarga moʻljallangan buddaviy meʼmoriy inshoot. Tarixiy manbalarda qayd qilinishicha, Buddaning jasadi kuydirilib, kuli 8 boʻlakka boʻlinib, maxsus qurilgan Stupa larga qoʻyilgan. Ular Hindistonning 8 shaharida — Rojagrix, Vaysali, Kapilavastu, Allakap, Ramgaram, Vetxadip, Kushinagar va Pippalivan sh. larida bor. Keyinchalik Stupaga yodgorlik sifatida Buddaning muqaddas deb sanalgan aʼzolari (sochi, tishi va b.) solingan qutichalar joylashtirilgan. Stupa larning ichi boʻshliq emas, yaxlit tosh, ohaktosh, xom gʻisht, paxsadan tiklangan, shakli minorasimon, qoʻngʻiroqsimon yoki sharsimon boʻladi. 4—5 sm dan bir necha m gacha. Dunyodagi eng baland S. Myanmaning Yangon sh. dagi Shvedagon (poydevori 20 m, bal. 99 m) — meʼmorlik obidasi hisoblanadi. Stupaning atrofi oʻralib, 4 ta darvoza qurilgan. Buddizm tarqalgan mamlakatlarda Stupalar «dagoba», «suburgon», «chorton», «pagoda» deb nomlangan. Oʻrta Osiyo hududidagi Stupalar 1—4-a. larga oid boʻlib, asosan, jan. hududda joylashgan. Oʻzbekistondagi Zurmala minorasi, Ayritom, Krratepa, Fayoztepa, Dalvarzintepa qamda Ajinatepa (Tojikiston), Marv (Turkmaniston) S. lari ilmiy oʻrganilgan. Bahodir Turgʻunov.

Ensiklopediya.uz
STUPA