STEFAN-BOLSMAN NURLANISH QONUNI

STEFAN-BOLSMAN NURLANISH QONUNI

STEFAN-BOLSMAN NURLANISH QONUNI — muvozanatli nurlanayotgan mutlaq qora jismichit vaqt birligi davomida yuza birligidan nurlanayotgan elektromagnit toʻlqinlar; bu toʻlqinlarning yigʻindi energiyasi mutlaq tra Gning toʻrtinchi darajasiga proporsional ekanligini ifodalaydigan qonun: Bolsman doimiysi. Bu qonunni avstriyalik fizik I. Stefan (1835—93) tajribalar asosida 1879-y. da istalgan jism uchun taʼriflagan. 1884-y. da L. Bolsman nazariy jigʻatdan bu qonun faqat mutlaq qora jism uchungina toʻgʻri ekanligini koʻrsatgan. Keyingi aniq oʻlchashlar S. B. n. q. ning toʻla bajarilishini va a q 5,6703210~8 (VtGʻm2K4) ekanligini tasdiqlaydi. S. B. n. q. Plank nurlanish qonuninit natijasi sifatida keltirib chiqarilgan. S. B. n. q. yuqori trani oʻlchashda qoʻllaniladi.

Ensiklopediya.uz
STEFAN-BOLSMAN NURLANISH QONUNI