SSUDA KAPITALI

SSUDA KAPITALI

SSUDA KAPITALI — vaqtincha foydalanib qaytarish, maʼlum foiz haq toʻlash sharti bilan qarzga beriladigan pul kapitali. Sk. ning iqtisodiy maʼnodagi oʻziga xos xususiyati shundaki, u foiz koʻrinishida foyda keltiradi. Ssuda kapitali egasi tomonidan ishlab chiqarish. ga qoʻyilmaydi, balki foiz koʻrinishida foyda olish uchun vaqtincha boshqa ishbilarmonga beriladi. Ssuda kapitali «oʻzoʻzidan koʻpayish» qobiliyatiga ega. Uning tovar resurslari qiymatini ifodalovchi puldan farqi ham shunda.

Ensiklopediya.uz
SSUDA KAPITALI