SAYXUNOBOD TUMANI

SAYXUNOBOD TUMANI

SAYXUNOBOD TUMANISirdaryo viloyatidagi tuman. 1952-y. Verxnevolinskoye tumani nomi bilan tashkil qilingan. 1959-y. Sirdaryo va Guliston tumanlari tarkibiga qoʻshilgan. 1970-y. 7 dek. da Voroshilov tumani nomi bilan qayta tashkil etildi. 1984-y. dan St. nomi bilan yuritiladi. Shim. da Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq, Oqqoʻrgʻon, sharqda Boʻka tumanlari, shim. gʻarb va gʻarbda viloyatning Sirdaryo, jan. da Guliston tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 0,55 ming km2. Axoliyey 61,9 ming kishi (2003). Tumanda 1 shaharcha (Sayxun), 7 qishloq fuqarolari yigʻini (Guliston, Istiqlol, Ittifoq, Nurota, Shoʻroʻzak, Yangihayot, Oʻzbekiston) bor. Tuman markazi — Sayxun shaharchasi.

Ensiklopediya.uz
SAYXUNOBOD TUMANI