SULAYMON I QONUNIY

SULAYMON I QONUNIY

SULAYMON I QONUNIY (Suleyman I Kanuni) , Sulaymon Buyuk (1495.27.4—1566.6.9, Sigetvar) — turk sultoni (1520—66). Uning davrida Usmonli turk imperiyasi hududiy jihatdan oʻzining eng yuksak choʻqqisiga yetgan. 1521-y. Belgrad zabt etilgan, Moxach jangi (1526)dan soʻng Vengriyaning katta qismi, 30y. larda Iroq, Rodos o. va Egey arxipelagining boshqa orollari, Tripolitaniya, Jazoir va b. xududlarni bosib olgan. C. I Q. Zakavkazyega egalik qilish uchun Eron bilan uzoq kurash olib borgan. Uning davrida maʼmuriy tuzilish va moliya ishlari, ayrim viloyatlarning mavqei, harbiylen tizimini tartibga solish, yer egaligi shakllari, aqolidan olinadigan soliklar va dehqonlarni yerga biriktirib qoʻyish gʻaqida qonunnoma joriy etilgan. Masjid, saroy, qalʼalar va b. qurilishlarga katga eʼtibor bergan. Meʼmor Sinon qurgan binolar ayniqsa mashhur. S. I Q. Vengriyaga qilingan yurish chogʻida vafot etgan.

Ensiklopediya.uz
SULAYMON I QONUNIY