SUDANLIKLAR
SUDANLIKLAR (Sudan arablar i) — xalq, Sudanning asosiy aholisi (13 mln. kishiga yakin). Shuningdek, Chad (1,29 mln. kishi) va b. mamlakatlarda ham yashaydilar. Umumiy soni 14,3 mln. kishi (1990y. lar oʻrtalari). Dindorlari — sunniy musulmonlar. Sudanga arablar 7-a. oʻrtalari — 9-a. larda Misrdan va Qizil dengiz orqali Arabistondan kelishgan. 9 — 10-a. larda ularni afrikaliklar bilan aralashuvidan arabsudan qabilalari vujudga kelgan. Ushbu qabilalar va b. kabila ittifoklari 1820-y. Misr tomonidan boʻysundirilib rasman Usmonli turk imperiyasiga qoʻshib olingan. Yevropaliklar, turklar, cherkaslar, misrliklarni efiopiyalik va jan. sudanlik choʻrilar bilan aralashuvidan arab tilida soʻzlashuvchi shahar aholisi paydo boʻlgan. Sudanliklar dehqonchilik (paxta), chorvachilik bilan shugʻullanadi.
Ensiklopediya.uz
SUDANLIKLAR