SOGʻIM DAVRI
SOGʻIM DAVRI — chorva mollari yelinida sut hosil boʻlishi, yigʻilishi va vaqtvaqti bilan sogʻib olinishi davomiyligi. Asosan, sut sigirlardan, qisman echkilar, sovliqgsar, biyalar va tuyalardan sogʻib olinadi. Sogʻim davri hayvon tuqqanidan boshlab, to sutdan chiqqan muddatiga qadar davom etadi. Sogʻim davri mahsuldorligi va zotiga qarab sigir va echkilarda 8—10 oy (sigirlarda zootexniya amaliyotida 305 kun qabul qilingan), qoʻylarda 4—5 oy, biyalarda 9 oy va undan ortiq, tuyalarda 10 oyni tashkil etadi. Sogʻim davrining boshlarida sut berishi miqdori koʻproq, oxirrogʻida kamayib boradi. Tugʻishga 1,5 — 2 oy qolganda sogʻish toʻxtatiladi. Sogʻim davrini uzaytirish uchun mollarni ozikdantirish va sogʻish rejimiga qatiy amal kilish talab kilinadi.
Ensiklopediya.uz
SOGʻIM DAVRI