SONORA

SONORA

SONORA — Meksikadagi shtat, Tinch okean sohilida. Mayd. 184,9 ming km2. Aholisi 2,21 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Ermosilyo sh. gʻududining katta qismi past va oʻrtacha balandlikdagi togʻlardan iborat. Sharqida Gʻarbiy SyerraMadre togʻlari bor. Iklimi subtropik, quruq ikdim. Yillik yogʻin 200— 600 mm. Chala choʻl va choʻl oʻsimliklari usadi. Sonora — Meksikaning rivojlangan shtatlaridan. Eskport uchun paxta, pomidor va erta pishar sabzavotlar yetishtiriladi. Goʻsht chorvachiligi rivojlangan. Mis, grafit, surma qazib olinadi. Rangli metallurgiya, oziqovqat, ip gazlama sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Baliq va dengiz hayvonlari ovlanadi. Bosh porti — Guaymas.

Ensiklopediya.uz
SONORA