SIONIZM

SIONIZM

SIONIZM (Quddusdagi Sion tepaligi nomidan olingan; Bibliya rivoyatlariga koʻra, bu yerda Dovud podshoning qarorgohi va xudo Yaxvaning uyi boʻlgan) — yahudiylarni Fachastinga kelishini ragʻbatlantirish va u yerda yahudiylar davlatini tuzish orqali yahudiylarning oʻz-oʻzini anglashini tiklashga qaratilgan mafkura. 19-a. oxirida vujudga kelgan. 1948-y. dan keyin Isroilni dunyo miqyosida xar tomonlama qoʻllab-quvvatlashga moʻljallangan. Sotsialistik va liberal oqimlardan tortib to shovinistik ruhda boʻlgan bir qancha oqimlarni oʻz ichiga oladi. Sionistik tashkilotlar 60 dan ortiq mamlakatda ish olib boradi. Yetakchisi — Jahon sionistlar tashkiloti (1897-y. da tuzilgan), qarorgohi Isroil va AQSHda.

Ensiklopediya.uz
SIONIZM