SIMFONIZM

SIMFONIZM

SIMFONIZM (simfoniya soʻzidan) — musiqiyestetik kategoriya; 18—19a. lar kompozitorlik sanʼatida qaror topgan badiiy usul. Tugal tushuncha sifatida ilk bor B. Asafyev tomonidan taxlil etilgan. Turli musiqiy mavzu (kuy)larning uzluksiz, oʻzgarishlarga boy mukammal rivoji, badiiy obrazlarning uzaro taʼsir etish jarayonlarini ifoda etadi. Simfonik janrlar bilan birga kamercholgʻu, musiqali teatr (opera, balet), vokalsimfonik (oratoriya) va b. janrlardagi namunalarga nisbatan ishlatiladi. Tarixiy rivojida bir necha musiqiy dramaturgiya turlarini keltirgan: xalqchiljanrli (Y. Gaydn), dramatikfojiaviy (L. Betxoven), lirik (F. Shubert), epik (A. Borodin) va b. Oʻzbekistonda dastlab Ik. Akbarov, R. Hamroyev, T. Kurbonov va b. ning asarlarida namoyon boʻlgan. Keyinchalik M. Tojiyev, M. Maxmudov, N. Gʻiyosov va b. ning asarlarida oʻzbek mumtoz musiqa (jumladan, maqom, katta ashula) xususiyatlari bilan uzviy bogʻlanib, millim Simfonizm qaror topdi.

Ensiklopediya.uz
SIMFONIZM