SIM

SIM

SIM — koʻndalang kesimi uzunligiga nisbatan juda kichik boʻlgan uzun metall buyum. Mis, alyuminiy, poʻlat, volfram va b. metallardan prokatlab (q. Prokat ishlab chщarshshl) yoki choʻzish stanlarndati maxsus teshiklardan oʻtkazib, kalava yoki chiviq koʻrinishida tayyorlanadi. Yoʻgʻonligi 5 mm va undan ortiqboʻlgan, qizdirib prokatlangan Sim 0,01 — 5 mm li Simlar tayyorlashda asosiy material hisoblanadi. Dumaloq, toʻrtburchak, oltiburchak, oval va b. shakllarda boʻladi. Sim elektr va radioliniyalari tortish, toʻr, mix, kabel, transformator chulgʻamlari va b. tayyorlash uchun ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
SIM