SIYOSIY PARTIYALAR

SIYOSIY PARTIYALAR

SIYOSIY PARTIYALAR — ijtimoiy guruxlar manfaatlarini ifodalovchi, ularning eng faol vakillarini birlashtiruvchi siyosiy tashkilotlar. Siyosiy partiyalar jamiyat siyosiy tizimining muxim kismi, ular davlatning siyosiy yoʻnalishini belgilashda ishtirok etadi, hukumatning vakillik va ijro etuvchi muassasalarini shakllantiradi. Dastlabki Siyosiy partiyalar 17—18-a. lar inqiloblari davrida paydo boʻla boshlagan boʻlsada, Siyosiy partiyalarga oʻxshash jamoa, tashkilotlar qadimdan mavjud edi. Afina geteriyalari, Rim optimat va populyarlari antik davrda Siyosiy partiyalar vazifasini bajargan. Sp. ning universal shakli asosan, qarindoshlik aloqalari b-n boglangan kishilar guruhi va maxfiy tashkilotlar boʻlgan (Yorklar va Lankasterlar — oʻrta asrlar Angliyasida; Ali tarafdorlari — oʻrta asrlarda Arabistonda). Osiyo davlatlarida hoz. kunda ham qarindoshlik va yurtdoshlik tamoyillarining Sp. ning shakllanishi va faoliyat koʻrsatishida ahamiyati katta.

Ensiklopediya.uz
Siyosiy partiyalar