SFERIK FUNKSIYALAR

SFERIK FUNKSIYALAR

SFERIK FUNKSIYALAR — Sferik simmetriyaga ega sohalarga oid masalalarni oʻrganishda qulay boʻlgan maxsus funksiyalar ketma-ketligi. Matematikaning fizika, texnika va b. sohalardagi tatbiklarida qoʻllanadi. Sferik koordinatalardagi Laplas tenglamasi bilan bogʻliq tenglamani qanoatlantiradi va koeffitsiyentlari Lejandr koʻphadlari bilan ifodalanadigan chekli trigonometrik koʻphad koʻrinishida yoziladi. Matematik fizika masalalarida potensiallar koʻpincha Sferik funksiyalar orqali Furye qatori koʻrinishida izlanadi.

Ensiklopediya.uz
SFERIK FUNKSIYALAR