SONLAR NAZARIYASI

SONLAR NAZARIYASI

SONLAR NAZARIYASI — matematikaning butun, ratsional va algebraik sollarning xossalarini oʻrganish bilan shugʻullanadigan boʻlimi. Sonlar nazariyasi qadimdan bevosita arifmetikaning rivojlanishidan vujudga kelgan. Pifagor (mil. av. 6-a.) maktabida butun sonlarning boʻlinishi, mukammal sonlar strukturasi oʻrganildi, sonlar sinflar (mas, tub sonlar, murakkab sonlar, kvadrat sonlar)ga ajratildi. l^QU^tenglamaning butun sonlarda yechimi berildi (q. Pifagor sonlari). Yunon matematiklari Yevklid, Eratosfen va Diofantnmt ishlari Sonlar nazariyasiga bagʻishlangan edi. Sonlar nazariyasining ayrim masalalari Xitoyda (2—6-a. lar) va Hindistonda (7 — 12-a. lar) ham oʻrganilgan.

Ensiklopediya.uz
SONLAR NAZARIYASI