SEN

SEN

SEN (Sen) Amarta (1933, Hindiston, Bengaliya shtati) — asli hindistonlik boʻlgan amerikalik iqtisodchi. Kembrij (Buyuk Britaniya) un-tidagi Trinti kollejida oʻqituvchi, Garvard (AQSH) un-tining xizmat koʻrsatgan prof. Amerika iqtisodiy uyushmasining prezidenti (1994). Senning 1981-y. yozilgan «Kambagʻallik va ochlik: yutuq va muammolar toʻgʻrisida ocherk» nomli kitobi unga katta shuqrat keltirdi. Sen bu asarida oʻzi boshidan kechirgan va koʻrgan, ochlik va kambagʻallik muammolarini hamda ijtimoiy yordam masalalarini har tomonlama tadqiq qildi. Nobel mukofoti laureati (1998).

Ensiklopediya.uz
SEN