SEMYONOV Aleksandr Aleksandrovich

SEMYONOV Aleksandr Aleksandrovich

SEMYONOV Aleksandr Aleksandrovich (1873.16.9, Tambov gubernyasi — 1958.16.11, Toshkent) — tarixchi, sharqshunos. Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1943), Oʻzbekiston (1944)da xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi, Tojikiston (1946)da xizmat koʻrsatgan fan arbobi, Tojikiston FA akad. (1951), tarix fanlari d-ri (1942), prof. Tambov oʻqituvchilar seminariyasini (1894)ni, Lazarev Sharq tillar in-tini tugatgan (1900). S. Zakaspiy viloyati statistika koʻmitasi kotibi (1900—06), Turkiston Ulka bosh boshqarmasi boshligʻi (1906 — 08), Turkiston generalgubernatorligi qabulxonasida boshliq oʻrinbosari (1908—11), generalgubernator qoshida diplomat (1911—16), Rossiyaning Buxorodagi rezidentmaslahatchisi (1917—18). 1919-y. da Oʻrta Osiyo un-tida, soʻngra Turkiston Sharqshunoslik in-tida oʻqituvchi. Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-ti (1943—51)da ilmiy xodim, shu in-t direktori (1943—48), Tojikiston FA Tarix, arxeologiya va etnofafiya in-ti direktori (1951—58). Toshkentda ochilgan un-t tashkilotchilaridan biri. Turkiston arxeologiya yodgorliklarini va yozma manbalarini oʻrgangan va qator tarixiy asarlarni rus tiliga tarjima qilib, chop ettirgan. Semyonovning ilmiy ishlari Xuroson, Movarounnahr, Hindiston tarixi, eti. si, arxeologiyasiga bagishlangan. Semyonov 15-a. tarixi, Navoiy, Jomiy, Darvesh Ali Changiyning hayoti va ijodiga bagashlangan asarlar muallifi.

Ensiklopediya.uz
SEMYONOV Aleksandr Aleksandrovich