SAMARQAND LIFTSOZLIK ZAVODI

SAMARQAND LIFTSOZLIK ZAVODI

SAMARQAND LIFTSOZLIK ZAVODI — kommunal mashinasozligi sanoati korxonasi. Yuk va odamlarni tashishga moʻljallangan turli modifikatsiyadagi liftlar, liftlarga ehtiyot qismlar ishlab chiqaradi. Korxona qurilishi 1967-y. da boshlangan. 1971-y. dan korxona zamonaviy rusumdagi liftlarni seriyalab ishlab chiqara boshladi. 1975-y. dan dare va dengiz kemalari uchun yuk va yoʻlovchilar tashishga moʻljallangan liftlarni i. ch. oʻzlashtirildi. 1987— 89 y. larda z-d rekonstruksiya qilindi va yillik quvvati 8 ming dona liftga yetkazildi. Sobik Ittifoqda z-d asosiy liftsozlik korxonalaridan biri boʻlgan. 1995-y. da korxona ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.

Ensiklopediya.uz
SAMARQAND LIFTSOZLIK ZAVODI