SABZAVOTCHILIK
SABZAVOTCHILIK — 1) dehqonchilikning sabzavot ekinlarini yetishtirish bilan shugʻullanadigan tarmogʻi. Sabzavotchilik dehqonchilikning boshqa tarmoklaridan kup jihatdan farq qiladi, jumladan, Sabzavotchilikda ekinlar ochiq va himoyalangan (yopiq) yerlarda yetishtiriladi, aksariyat bir mavsumda hosil beradigan ekinlar ekiladi. Dala va himoya langan yerdagi (q. Parnik, Issiqxona ekinlari) Ska boʻlinadi. Sabzavot ekinlari ochiq maydonlarda (bahoryoz va kuz davrlarida) sabzavot hamda urugʻ, yopiq yerlarda (mavsumdan qatʼi nazar) sabzavot olish uchun yetishtiriladi. Himoyalangan yerlarda oʻsimlikning oʻsishi va rivojlanishi uchun (mas, issiqxonalarda) jami omillar sunʼiy yaratiladi va uni boshqarish mumkin. Bu esa qish, erta bahor, kech kuzda ham sabzavot yetishtiriщ imkoniyatini yaratadi. Sabzavotchilikda yetishtiriladigan ekinlar turining koʻpligi, biologik xususiyatlarining xilmaxilligi bilan ham ajralib turadi. Oʻzbekistonda 70 ga yaqin turdagi Sabzavotchilik ekinlari yetishtiriladi va q. x. da salmokli oʻrinni egallaydi. Oʻrta Osiyoda qovunning 2000 yil ilgari, tarvuz, qovoq, bodring, piyoz, sabzi, kalampir, turp va b. ning undan ham ilgari ekilgani maʼlum. Xalq seleksiyasida sabzavot ekinlarining dunyoga mashhur navlari yaratilgan. Asrlar davomida sabzavot ekinlarining tur tarkibi oʻzgarib bordi. Mas, 19-a. ning 2-yarmidan Rossiya orkali pomidor, kartoshka, karam, gulkaram, bolgar qalampiri, Xitoydan esa rediska, patisson, pekin karami va b. kirib keldi hamda asosiy ekinlar qatoridan joy oldi.
Ensiklopediya.uz
SABZAVOTCHILIK