SURXONDARYO VILOYATI

SURXONDARYO VILOYATI

SURXONDARYO VILOYATI — OʻzR tarkibidagi viloyat. 1941-y. 6-martda tashkil etilgan (1925-y. 29-iyundan Surxondaryo okruti boʻlgan). 1960-y. 25 yanv. da Qashqadaryo viloyati bilan qoʻshilgan. 1964-y. fev. da qaytadan tashkil qilindi. Respublikaning jan. sharqida, SurxonSherobod vodiysida joylashgan. Jan. dan Amudaryo boʻylab Afgʻoniston, shim., shim. sharq va sharqdan Tojikiston, jan. gʻarbdan Turkmaniston, shim. gʻarbdan Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh. Mayd. 20,1 ming km2. Aholisi 1874,7 ming kishi (2004). Tarkibida 14 qishloq tumani (Angor, Bandixon, Boysun, Denov, Jarqoʻrgʻon, Muzrabot, Oltinsoy, Sariosiyo, Termiz, Uzun, Sherobod, Shoʻrchi, Qiziriq, Kumqoʻrgʻon), 8 shahar (Boysun, Denov, Jarqoʻrgʻon, Termiz, Shargʻun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon), 7 shaharcha (Angor, Doʻstlik, Kakaydi, Sariosiyo, Sariq, Elbayon bekati, Hurriyat), 114 qishloq fuqarolar yigʻini bor (2004). Markazi — Termiz sh.

Ensiklopediya.uz
SURXONDARYO VILOYATI