SUV OSTI TELEVIDENIYESI
SUV OSTI TELEVIDENIYESI — suv ostidagi manzara va obyektlarni kuzatish uchun moʻljallangan televideniye. S. o. t. da suv osti televizion kurilmasidan foydalaniladi. Bu kurilma signallarni qabul qiluvchi va uzatuvchi trubkalar; obyektiv; satr yoyish bloki, kadr yoyish bloki; kuchaytirgichlar, yorugʻlik manbalari va b. qismlardan iborat. Asosiy apparati — suv ostidagi televizion kamera. S. o. t. dan choʻkkan kemalarni qidirish, kemalar, gidrotexnika inshootlarining suvga botib turgan qismlarini tekshirish, gʻavvoslarning ishini kuzatish, dengiz va okeanlarning hayvonot va oʻsimlik dunyosini oʻrganish, baliq toʻdalarini, neft konlarini qidirish, suv osti minalarini izlash, suv osti qurollarini sinash va b. maqsadlarda foydalaniladi. Suv osti televideniyesi tizimidan bir necha yuz metr chukurlikda istalgancha vaqt davomida foydalanish mumkin.
Ensiklopediya.uz
SUV OSTI TELEVIDENIYESI