SOʻZLASHUV TILI

SOʻZLASHUV TILI

SOʻZLASHUV TILI — ogʻzaki adabiy til turlaridan biri; kundalik turmushdagi aloqaaralashuv uchun xizmat qiladi, muomala va taʼsir koʻrsatish vazifasini bajaradi. Milliy aloqaaralashuv vositasi sifatida millatning shakllanish davrida vujudga keladi. St. adabiy tilning yashash, amal qilish shakli sifatida uning asosiy belgilariga (laxjalardan ustun turish, barqarorlik, meʼyoriylik, qoʻllanish sohasining kengligi) ega boʻladi. Soʻzlashuv tili tarixiy kategoriya. Soʻzlashuv tilining turli milliy. tillardagi tarixi uning ogʻzaki shaklda mavjud boʻlganligi tufayli manbalarda qayd etilmagan.

Ensiklopediya.uz
SOʻZLASHUV TILI