SUDRALIB YURUVCHILAR
SUDRALIB YURUVCHILAR (Reptelia) — umurtqalilar sinfi. Qadimgi Sudralib yuruvchilar — kotilozavrlar oʻrta karbonda stegotsefallardan paydo boʻlgan. Keyinchalik stegotsefallar 2 shoxga ajralgan; ularning biridan — sut emizuvchilar, ikkinchisidan — kushlar paydo boʻlgan. Sudralib yuruvchilar permdan kaynozoy erasi boshlarigacha Yer yuzi faunasida hukmronlik qilgan. Mezozoyda kengtarqalgan; ular orasida dengizda suzuvchilari va havoda uchadiganlari boʻlgan. Eng yirik hayvonlar — dinozavrlar qam mezozoy davrida yashagan. Mezozoy tugab, kaynozoyning boshlanishi qadimgi Sudralib yuruvchilarning qirilib ketishi, sut emizuvchilar bilan qushlarning keng tarqalishiga toʻgʻri kelgan.
Ensiklopediya.uz
SUDRALIB YURUVCHILAR