SUD HOKIMIYATI
SUD HOKIMIYATI — hokimiyatlar boʻlinishi qoidasiga koʻra, davlat hokimiyatining alohida va mustaqil (qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar bilan bir qatordagi) tarmogʻi. U oʻzida: a) odil sudlovni amalga oshirish vakolatlari, yaʼni jinoiy, fuqarolik, xoʻjalik, maʼmuriy va konstitutsiyaviy ish (nizo)larni protsessual, qonun bilan belgilangan tartibda koʻrib chiqish vakolatlari yigʻindisini, baʼzi mamlakatlarda, shuningdek, huquq normalarini izohlash vakolatlari ni, qonun ijodkorligi vakolatlari va b. 2darajali vakolatlarni; b) yuqorida qayd etilgan vakolatlarni amalga oshiruvchi davlat organlari tizimini mujassamlashtiradi (q. Sud tizimi). S. gʻ. vakolatlari asosiy — odil sudlovni amalga oshirish vakolatlari va yordamchi vakolatlarga boʻlinadi. Hoz. zamon demokratik davlatlarida Sud hokimiyatining asosiy vakolatlari turli toifadagi sudlar zimmasiga yuklanadi.
Ensiklopediya.uz
SUD HOKIMIYATI