SIDNEY

SIDNEY

SIDNEY, Sidni — Avstraliyaning jan. sharqiy qismidagi shahar, PortJekson qoʻltigʻining har ikki sohilida. Mamlakatning savdomoliya markazi. Yangi Jan. Uels shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 4,04 mln. kishi (1999), aholi soni boʻyicha mamlakatda 1-oʻrinda. Mamlakatning yirik iqtisodiy markazi, bosh porti. Aeroporti xalqaro axamiyatga ega. Transport, elektrotexnika mashinasozligi, radioelektronika, kora va rangli metallurgiya, neftni qayta ishlash, kimyo, toʻqimachilik, poligrafiya, oziq-ovqat, qogʻoz sanoati korxonalari mavjud. Sanoat korxonalari, asosan, qoʻltiqdan shim. da va shahar atroflarida, moliyaviy muassasalar esa jan. da joylashgan. Qoʻltiqning har ikki sohili ravoqli koʻprik (uz. 2 km) orqali bogʻlangan. Metropoliten qurilgan. un-t (1850), konservatoriya, rasadxona, kutubxonalar, Avstraliya, geol., amaliy sanʼat muzeylari, badiiy galereya, opera va b. teatrlar, hayvonot bogʻi bor. Shaharga 1788-y. da inglizlar tomonidan asos solingan va Angliya ichki ishlar vaziri nomi bilan Sidni deb atalgan.

Ensiklopediya.uz
SIDNEY