SEZGI

SEZGI

SEZGI — olamdagi narsa va hodisalar ayrim xossalarining miyadagi inʼikosi. Materiyaning Sezgi aʼzolariga taʼsir koʻrsatib, bosh miya poʻstlogʻi nerv markazini qoʻzgʻatishi asosida paydo boʻladi. Sezgi dunyoni bilishning birinchi bosqichi va tarkibiy qismidir. Sezgilar asosida hissiy bilishning idrok, tasavvur kabi shakllari yuzaga keladi. Tashqi qoʻzgʻovchilarning oʻziga xos xususiyatlariga qarab, barcha Sezgilar badan S. si (tuyish), koʻrish S. si, eshitish S. si, hid bilish S. si, taʼm bilish S. si va b. turlarga boʻlinadi. Sezgi fizik, fiziologik, psixologik jarayonlarda paydo boʻladi. Fizik jarayonda har qanday narsa va hodisalar Sezgi aʼzolariga taʼsir etib, tegishli sezuvchi nervning chekka uchlarini qoʻzgʻaydi. Fiziologik jarayonda qoʻzgʻalish nervning oʻtkazuvchi yoʻli orqali bosh miya poʻstining tegishli markaziy hujayralar tizimiga oʻtadi. Psixologik jarayonda nerv qoʻzgʻalishida bizga taʼsir etgan qoʻzgʻovchining analizi paydo boʻladi va u sintezga aylanadi — S. paydo boʻladi. Sezgi aʼzolari miya katta yarim sharlari faoliyati bilan bogʻliq. Insonda voqelikni bilishda koʻrish Sezgisi yetakchi oʻrinni egallaydi. Sezgilarni qayerda joylashganligiga qarab 3 ga ajratish mumkin:

Ensiklopediya.uz
SEZGI