SAMARQAND TEATRI

SAMARQAND TEATRI

SAMARQAND TEATRI, Hamid Olimjon nomidagi Samarqand viloyat oʻzbek davlat musiqali drama teatri — Oʻzbekistondagi koʻhna teatrlardan biri. 1914-y. 15 yanv. da M. Behbudiyning «Padarkush» spektakli bilan ochilgan (spektaklni Behbudiy va A. Badriy rahbarligidagi truppa sahnalashtirgan). 1918-y. maʼrifatparvarlar toʻdasi koʻp tilli Samarqand xalq teatrining oʻzbek truppasiga, 1920-y. «musulmon agittruppasi»ga aylanadi. 1930-y. Oʻzbekistonning Samarqanddagi poytaxt teatri maqomida ishlayotgan Oʻzbek davlat drama truppasi yangi poytaxt — Toshkentga koʻchirilishi munosabati bilan «Musulmon agittruppasi» va «Koʻk koʻylak» havaskor teatr toʻdasi asosida Samarqand viloyat oʻzbek davlat musikali drama teatri tashkil topdi. Teatrga h. Narziqulov boshliq, S. Joʻraboyev bosh rej., Sobir Abdulla adabiy emakdosh etib tayinlandi. Truppaning qolgan aʼzolari Ahmad Sulaymonov, Tolibjon Sodiqov, Burhon Toʻrayev, Acpop Joʻrayev, Rustam Mansurov, Mardon Roziqov, Yusuf Komilov, Kayum Gʻafforov, Shamsi Maʼrufiy, Eʼtibor Koʻziboyeva, Hanifa Mavlonova, Sharif Akromov, Mavlon Muhiddinov, Istat Xudoyberdiyeva, Moʻminjon Mahmudov, Baqo Tojiyev, Halima Zufarova, Zuhra Fayziyeva, Fotima Shaydullina, Toʻti Gʻafforova, Mavluda Aʼzamova singari sanʼatkorlardan iborat edi. Koʻp oʻtmay jamoaga Zohid Sodiqov, Zaynab Sodiqova, Rauf Boltayev, Kifoyat Muslimova, Azim Nasimov, Ikroma Boltayeva, R. Ayupova va b. kelib qoʻshiladi.

Ensiklopediya.uz
SAMARQAND TEATRI