SUGʻORISH

SUGʻORISH

SUGʻORISH, irrigatsiya — tuproqni manbalardan olingan suv bilan sunʼiy namlash, melioratsiyannng bir turi. S tuproqning oʻsimlik ildizi tarqalgan qismida eng qulay suv rejimini hosil qiladi. Bu esa oʻsimliklarning tuproqdan oziq moddalar — mineral va organik oʻgʻitlarni oʻzlashtirishiga qulay sharoit yaratadi va qishloq xoʻjaligi. ekinlaridan yuqori hosil olishni taʼminlaydi. Sugʻorish yer hosildorligini sugʻorilmaydigan sharoitlarga qaraganda 8—10-marta oshiradi, intensiv dehqonchilikni joriy etish imkoniyatini beradi. Bu esa suv xoʻjaligi qurilishiga va yerlarni meliorativ oʻzlashtirishga sarflangan kapital mablagʻlarning tez (3—5 yil ichida) qoplanishini taʼminlaydi.

Ensiklopediya.uz
SUGʻORISH