SANATSIYA

SANATSIYA

SANATSIYA (lot. canatio — sogʻlomlashtirish, davolash) — bankrotlik xavfidan qutqarish, korxonalar, firmalar, kompaniya va b. ning moliyaviy ahvolini yaxshilashga qaratilgan davlat va bank choratadbirlari tizimi. Asosiy yoʻnalishlari — nochor korxonalarni kreditlash, qayta tashkil etish, ishlab chiqariladigan mahsulotlar yoki faoliyat turlarini oʻzgartirish, oʻz xomiyligiga oʻtkazish va b. S. bozor iqtisodiyoti uchun tabiiy narsa, chunki bozor qonuniyatlariga koʻra, bir korxonaning gullabyashnab ketishi, boshqasining tang ahvolga tushishi yuz beradi. Sanatsiya orqali davlat bozor iktisodiyotiga taʼsir etadi.

Ensiklopediya.uz
SANATSIYA