SUNNA

SUNNA

SUNNA (arab. — odat, anʼana, xattiharakat tarzi) — islomda musulmonlar uchun ibrat hisoblangan Muhammad (sav)ning soʻzi, qilgan ishi, xattiharakatlari. Sunnaga tegishli har bir maʼlumot . ^vdislarda berilgan va toʻplam qilingan. Sunna islomda Qurʼondan keyingi, uni toʻldiruvchi manba, islom ilohiyoti va shariatning ikkinchi asosi sifatida eʼtirof etilgan. Sunna 7-a. oʻrtalaridan yigʻila boshlangan. Bir yarimikki asr davomida hadislar juda koʻpayib ketgan. Hadisshunoslik eng taraqqiy qilgan 9-a. ga kelib ular tartibga solingan, din, axloq va fiqdning manbaiga aylangan. Imom Buxoriy va Muslim ibn Hajjojning hadis toʻplamlari eng obroʻli hisoblanadi. Sunnada arab xalifaligining dastlabki ikki asrida islom dinining taraqqiyoti va turli ijtimoiy qatlamlarning ahvolini koʻrsatadigan tarixiy maʼlumotlar oʻz ifodasini topgan.

Ensiklopediya.uz
SUNNA