SUVA

SUVA

SUVAFiji Respublikasi poytaxti. Aholisi 77,4 ming kishi (1996). Iqlimi tropik, nam ikdim, oʻrtacha tra 24°, yillik yogʻin 3000 mm. VitiLevu o. ning sharqiy sohilidagi port, chetga shakarqand, kopra, kokos moyi, banan, oltin chiqariladi. Aeroport bor. Mamlakatning sanoat, savdo va madaniy markazi. Oziqovqat sanoati rivojlangan. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Jan. Tinch okean un-ti bor. Turizm rivojlangan.

Ensiklopediya.uz
SUVA