STEREOTIPIYA

STEREOTIPIYA

STEREOTIPIYA (stereo… va yun. typos — nusxa) — kitob, gaz., jurnal va b. ni koʻp nusxada nashr etish uchun bosmaxona qolipi (stereotip) tayyorlash va undan nusxalar bosish usuli. Stereotip metall, plastmassa yoki rezinadan tayyorlanadi. Matn shriftlari yoki tasvir uning sirtiga boʻrtib chiqib turadi. Stereotipiyaning quyma, elektrolitik va presslash usullari bor.

Ensiklopediya.uz
STEREOTIPIYA