SPLENOMEGALIYA

SPLENOMEGALIYA

SPLENOMEGALIYA (yun. splen ta loq va megas — katta) — taloq (qora jigar)ning kattalashuvi. Koʻpincha taloq kasalliklari (oʻsmalar, kistalar, abssesslar)da, umumiy infeksiyalar (sepsiz, bezgak, ich terlama, tepkili terlama va b.)da, qon (mas, leykoz, limfogranulematoz) va jigar kasalliklarida kuzatiladi. Splenomegaliya taloqda qon aylanishining buzilishi (mas, trombozlar), taloq funksiyasining kuchayishi (gipersplenizm) va b. asoratlarga olib keladi.

Ensiklopediya.uz
SPLENOMEGALIYA