SOBIROVA

SOBIROVA

SOBIROVA Malika (1942.22.5 Dushanba — 1982) — tojik balerinasi. Xalq artisti (1974). Leningrad akademik xoreografik bilim yurtini tugatgan (1961). 1962—82 y. lar Sobirova Ayniy nomidagi opera va balet teatrida ishlagan. Eng yaxshi partiyalari: Jizel («Jizel»), Suyimbeke («Shurale»), Julyetta («Romeo va Julyetta»), Kitri («Don Kixot»), Layli («Layli va Majnun») va b. Rudakiy nomidagi Tojikiston Davlat mukofoti laureati (1967).

Ensiklopediya.uz
SOBIROVA