SINISKIY Dmitriy Dmitriyevich

SINISKIY Dmitriy Dmitriyevich

SINISKIY Dmitriy Dmitriyevich (1907.18.1, Ukrainaning Kirovograd viloyati — 1970.2.7, Toshkent) — grafik rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1967). 1945-y. dan Oʻzbekistonda. «Mushtum» jur. va gaz. larda bezatuvchi rassom. S. ijodi bilan gazetajur. plakati rivojiga samarali hissa qoʻshgan; hayotda uchrab turadigan kamchiliklar, salbiy illatlar, yaramas odatlarni fosh etuvchi karikaturalari, rasmlari gazetalar va «Mushtum», «Gʻuncha» jur. sahifalarida, «Jangovar qalam» plakatlar turkumida nashr qilingan. Zulfiya, A. Udalov, Poʻlat Moʻmin va b. adiblarning kitoblarini badiiy bezagan.

Ensiklopediya.uz
SINISKIY Dmitriy Dmitriyevich