RUPOR

RUPOR

RUPOR (gollandcha georeg — baqirmoq) — tovush toʻlqinlarini maʼlum yoʻnalishda kuchaytirib tarqatadigan hamda tovush toʻlqinini qabul qiladigan karnay. Yumaloq yoki toʻgʻri toʻrtburchak (konussimon) shakdda, uchi tomonga kengayib boradigan qilib yasaladi. Rupor radiotexnikada, tovush kuchaytirgichlar va b. da qoʻllaniladi.

Ensiklopediya.uz
RUPOR