SENTIMENTALIZM

SENTIMENTALIZM

SENTIMENTALIZM (frans. sentiment — histuygʻu) — 18-a. 2-yarmi — 19-a. boshida Yevropa va AQSH adabiyoti va sanʼatidagi oqim. S. da hissiyot yaxshilik va yomonlikni belgilovchi, insonning qadrqimmatini aniklovchi asosiy meʼyor sifatida talqin qilinadi. Dastlab sentimental kayfiyatlar J. TomsonYil fasllari», 1730), E. Yung («Tungi yullar», 1742—45), T. Grey («Qishloq qabristonida yozilgan marsiya» 1751) kabilar sheʼriyatida va O. Goldsmit, S. Stern nasrida koʻzga tashlanadi. Sentimentalizmning Fransiyadagi yirik vakillari — A. Prevo, J. J. Russo va b. S. aklidrokdan koʻra histuygʻuni ustun qoʻyish asosida inson shaxsini tasdiklashning yangi shakli edi. Sentimentalizm ruhidagi asarlarda inson histuygʻulari har tomonlama badiiy tadqiq qilinib, psixologik taxlilga keng oʻrin beriladi. Ayniqsa, histuygularning tabiiyligi ulugʻlanadi. Sentimentalizm yoʻnalishidagi asarlarda histuygʻuning ustuvor qoʻyilishi insonning nafaqat oʻz olami, balki tabiatga boʻlgan munosabatini ham oʻzgartirdi. Sentimentalizmda tabiat inson kechinmalariga hamohang tarzda, uning ichki dunyosini chuqurroq ochishga yordam beruvchi vosita sifatida namoyon boʻldi. L. Sternning tugallanmagan «Sentimental sayoxat» (1768) asaridan taʼsirlangan D. Yum insonning oʻz-oʻziga qaytishi, oʻz-oʻzini anglashi toʻgʻrisida irratsional nazariyalar yaratdi.

Ensiklopediya.uz
SENTIMENTALIZM