SEBOREYa
SEBOREYa (lot. sebum — yogʻ va yun. rhoia — kechmoq) — teri kasalligi. Yogʻ bezlari funksiyasining buzilishi bilan kechadi. Asosan, gipofiz bezining faoliyatiga, yogʻ almashinuvi va teri yogʻ bezlari ishining buzilishiga bogʻliq. Seboreyada yogʻ bezlaridan ajralib chiqadigan yogʻ koʻpayib yoki kamayib ketib, sifati ham oʻzgaradi. Koʻpincha balogʻatga yetayotgan oʻsmirlarda uchraydi. Kishi qariganida Seboreya alomatlari kamayadi yoki yoʻqolib ketadi.
Ensiklopediya.uz
SEBOREYa