SALIMOVA Ravilya Nadjimovna

SALIMOVA Ravilya Nadjimovna

SALIMOVA Ravilya Nadjimovna (1941.8.9, Shoʻrchi tumani) — basketbolchi, 3 karra jahon chempioni (1964—67). Xizmat koʻrsatgan sport ustasi (1964), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi. Oʻzbekiston jismoniy tarbiya intini tugatgan (1965). 1959—71 y. larda basketbol boʻyicha SSSR terma jamoasi va Oʻzbekiston masterlar jamoasi oʻyinchisi, «Mehnat» jamoasining sardori. 6-marta Yevropa chempioni, 4-marta jahon universiadasining gʻolibi (1960—68). 1971—87 y. larda basketbol boʻyicha sport ustozi. Toshkent sh. kasaba uyushmalari qaramogʻidagi Ravilya Salimova nomidagi basketbol boʻyicha maxsus bolalar-oʻsmirlar sport maktabi direktori (1987-y. dan).

Ensiklopediya.uz
SALIMOVA Ravilya Nadjimovna