SURISHTIRUV

SURISHTIRUV

SURISHTIRUV (OʻzRda) jinoyat ishlarini tergov qilishning dastlabki davri. Surishtiruv militsiya, harbiy qismlar, milliy xavfsizlik va davlat bojxona xizmati, chegarani qoʻriklash organlari kabilar tomonidan olib boriladi. Ularning protsessual faoliyati ustidan prokuror nazorati oʻrnatilgan (JPK, 38—39moddalar). Surishtiruv jinoyatlarning oldini olish, sodir etilganiga oid dalillar tuplash, aybli shaxslarni qidirib topish va ushlash, jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy ziyonni taʼminlashga qaratilgan. Surishtiruv kechiktirib boʻlmaydigan tergov xarakatlari va tezkor qidiruv choralaridan iborat. Surishtiruv jinoyat ishi qoʻzgʻatilganidan boshlab 10 kungacha olib boriladi va ishni tergovchiga yuborish bilan tugallanadi. Surishtiruv chi ish boʻyicha tergovchining topshiriklarini bajarishi shart (JPK, 339—343moddalar).

Ensiklopediya.uz
SURISHTIRUV