STRABON

STRABON

STRABON (Strabon) (mil. av. 64/63 — mil. 23/24) — yunon geografi va tarixchisi. Koʻp sayohatlar (Yunoniston, Kichik Osiyo, Italiya va Misr) qilgan. Antik davr geografik bilimlari yakuni boʻlgan «Geofafiya» (mil. av. taxm. 7y., 17 kitobdan iborat) va «Tarixiy xotiralar» degan (bizgacha yetib kelmagan) asarlar muallifi. Asarda Gʻarbiy va Markaziy Yevropa, Kichik Osiyo, Shim. va Sharqiy Qora dengiz sohillari haqida geografik maʼlumotlar toʻplangan. Shu bilan birga asarda koʻplab tarixiy, etn. maishiy tafsilotlar keltirilgan, xususan, Qrim ya. o. va Dnepr boʻyiga kelib joylashgan qabilalar, skiflar, roksolanlarning xoʻjaligi va maishiy turmushi haqida, Shim. va Sharkay Qora dengiz sohillarida joylashgan antik shaharlarning qurilishi, turmushi, xoʻjaligi, tarixi, Bospor davlatining tarixi va xoʻjaligi haqida qimmatli maʼlumotlar joylashgan. «Geografiya»da, shuningdek, qad. Oʻrta Osiyo geogr. si, unda yashagan qabilalar (saklar, parfyanlar, baqtriyaliklar, daxlar va b.) va ularning urfodati, tili, Buyuk ipak yuli oʻtgan joylar haqida qimmatli maʼlumotlar ham bor.

Ensiklopediya.uz
STRABON