STENOZ

STENOZ

STENOZ (yun. stenos — tor, qisqa) — naysimon aʼzolar (hiqildoq, traxeya, bronxlar, qiziloʻngach, ichaklar, arteriyalar va b.), shuningdek, fiziologik teshiklar (mas, yurak chap boʻlmachasi va qorinchasi orasidagi teshik)ning torayishi. Stenoz tugʻma va hayotda orttirilgan boʻladi. Tugʻma Stenoz homila rivojlanishidagi nuqsonlar (qiziloʻngach yoki meʼdaning chiqish joyidan torayishi)dan iborat. Hayotda orttirilgan Stenoz organik va funksional boʻladi. Organik Stenoz aʼzolar devoridagi oʻsmalar, yalligʻlanish yoki shikastdan keyin chandiqlar paydo boʻlishi hisobiga yuzaga keladi. Funksional Stenozda aʼzolar muskullari, sfinkterlarning vaqtincha torayishi, mas, buyrakdagi tosh siljishi natijasida siydik yoʻlining torayishi — spazm roʻy beradi.

Ensiklopediya.uz
STENOZ