RENTGEN

RENTGEN

RENTGEN (Rontgen) Vilgelm Konrad (1845.27.3, Lennep, Dyusseldorf yaqinida — 1923.10.2, Myunxen) — nemis fizigi. Syurixdagi (Shveysariya) Oliy texnika maktabida oʻqigan (1865 — 68). Vyursburg (1870-y. dan) va Strasburg (1872-y. dan) un-tida ishlagan. Xoenxeymdagi Oliy q. x. maktabi (1875-y. dan), Strasburg un-ti (1876-y. dan), Gisen un-ti (1879-y. dan), Vyursburg un-ti (1888-y. dan, 1894-y. dan rektor). Myunxen un-ti (1900 20) prof. Rentgen yangi nurlanishni kashf qilib, ularni «Xnurlar» deb atadi (1895) (keyinchalik bu nurlar rentgen deb atala boshlandi). Rentgen nurlari tibbiyot, fan va texnikaning turli sohalarida keng qoʻllanila boshlandi. Rentgen birinchi rentgen trubkasini yaratdi. 1897-y. dan boshlab u kristall arnin g pyezoelektr va piroelektr xususiyatlarini oʻrgangan, kristallardagi elektr va optik hodisalarning oʻzaro bogʻliqligini aniqlagan, harakatdagi muqitlar elektrodinamikasi masalalari bilan shugʻullangan. Rentgenning magnetizm boʻyicha tadqiqotlari X. A. Lorents elektron nazariyasining yaratilishida katta ahamiyatga ega boʻlgan. Rentgen fiziklar ichida dunyoda birinchi boʻlib Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan (1901).

Ensiklopediya.uz
RENTGEN