REKOMBINATSIYA

REKOMBINATSIYA

REKOMBINATSIYA (re… va lot. combination — birikish) (genetika d a) — tirik organizmlarda genetik materialning nayedda qayta taqsimlanishi. Rekombinatsiya natijasida evolyutsion uzgarishlar uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan kombinativ oʻzgaruvchanlik yuzaga chiqadi. Rekombinatsiya barcha tirik organizmlar: viruslardan boshlab, yuksak usimliklar va hayvonlargacha xos boʻlgan universal biologik mexanizm hisoblanadi. Rekombinatsiya eukariot organizmlarda jinsiy jarayon yordamida, prokariotlardakonyugatsiya, transformatsiya va traneduksiya, viruslarda qoʻshma infeksiya orqali sodir boʻladi. Rekombinatsiya meyozt gomologik xromosomalarning ajralishi yoki DNK molekulalarining oʻzaro taʼsiri natijasida DNK bir qismining bir molekuladan ikkinchisiga oʻtishi orqali amalga oshiriladi. Rekombinatsiya DNK molekulalari urtasida oʻzaro qismlar almashinuvidan (ritseprok Rekombinatsiya) yoki molekula bir qismining boshqa molekulaga oʻtib qolishidan (ritseproq boʻlmagan Rekombinatsiya) iborat. Rekombinatsiya somatik va jinsiy hujayralarda kuzatiladi. Lekin mitozda Rekombinatsiya tezligi meyozga nisbatan ancha past boʻladi. Rekombinatsiyaning 3 tipi (umumiy, saytspetsifik, notoʻgʻri) uchraydi. Umumiy Rekombinatsiya, yaʼni krossingovervl DNKning gomologik ketmaketligi oʻrtasidagi almashinish butun genom boʻylab sodir buladi. Natijada komplementarlik asosida har xil rekombinativ DNK molekulalaridan ancha uzun (100 juftga yaqin nukleotidlardan iborat) gibrid molekula shakllanadi. Saytspetsifik Rekombinatsiya genomning 10 — 20 juft nukleotiddan iborat qatʼiy cheklangan qismlarida (Mas, profaglarning bakteriya genomiga koʻshilishida) sodir buladi. Notugri Rekombinatsiya mexanizmi yaxshioʻrganilmagan. Notoʻgʻri Rekombinatsiya nogomologik DNK molekulalarining uzaro taʼsiridan iborat bulib, translokatsiya, inversiya, deletsiya va b. jarayonlar bilan bogʻliq. Rekombinatsiya orqali genlarning birikish guruhi aniqlanadi; genlarning joylashishini ifodalovchi genetik xaritalar tuziladi; fenotipik koʻrinishining oʻxshashligi boʻyicha mutatsiyalarning allelligi koʻrsatiladi. Genetik injeneriya ham rekombinat (gibrid) DNK olishga asoslangan.

Ensiklopediya.uz
REKOMBINATSIYA