SOCH

SOCH

SOCH (moʻy, tuk, jun) — odamning bosh terisidan oʻsadigan ipsimon shox unum. Soch mayin, dagʻal, jingalak boʻladi. Sochning teri ustidagi qismi tola, teri ostidagi qismi esa iddiz deyiladi. Soch iddizi Soch xaltachasida joylashgan. Xaltachaga atrofidagi yog bezlarining yoʻli ochiladi. Xaltachaning ichki qinida Soch piyozchasi va soʻrgʻichi joylashgan. Soch soʻrgʻichida qon tomirlar va nervlar boʻladi. S, asosan, azot va oltingugurtga boy oqsilli shox modda — keratindan tashkil toptan. Soch rangi kora, malla, okish boʻladi, bu, asosan, sochdagi pigmentlar miqdoriga bogʻliq. Yosh oʻtgan sayin sochdagi pigmentlar kamayib, u oqara boshlaydi (q. Soch oqarishi). S. da pigment mutlaqo boʻlmasa, u tugʻma oq boʻladi (q. Albinizm). S, asosan, piyozchadan usadi. Sochning oʻsishi organizmning umumiy ahvoliga, nerv va endokrin sistema holatiga, moddalar almashinuvi, ovqatlanish tarzi, shuningdek, uni parvarish qilishga bogʻliq. Sogʻlom Soch pishiq va elastik, jiloli boʻlib yiltirab turadi. Yuqori tra va ishqorlar (nashatir spirti, soda, kir sovun va b.) taʼsirida Soch holati oʻzgaradi, u toʻkiluvchan va moʻrt boʻlib qoladi. Nerv va endokrin sistema faoliyatining oʻzgarishi va b. omillar taʼsirida yogʻ bezlari koʻgshab yogʻ ishlab chiqaradi, natijada Soch haddan ziyod yogli boʻlib ketadi. Turli kasalliklar yoki Sochni notoʻgʻri parvarish qilish (boshni botbot, ayniqsa, qattiq suv va ishqorli sovun bilan yuvish, Sochni teztez jingalak qilish) uning oʻsishiga zararli taʼsir etadi; u juda quruq, xira boʻlib qoladi va toʻkilib ketadi.

Ensiklopediya.uz
soch