SOMNAMBULIZM

SOMNAMBULIZM

SOMNAMBULIZM (lot. somnus uyqu va ambulo — yurmoq) , lunatizm — uyquda yurish, bunda be mor uyquda odatdagi harakatlarni gʻayriixtiyoriy bajaradi (mas, yuradi, kiyinadi, buyumlarini olib taxlaydi) va yana oʻrniga yotib uyqusini davom ettiradi. Kuchli tovush yoki biror taʼsirlovchi yordamida uygʻotilsa, u darrov oʻziga keladi va qilgan xattix. arakatlarini mutlaqo eslay olmaydi. Bunga oʻxshash qolat epilepsiyatsa ham kuzatiladi, shu bois uni Sdan farklash lozim. Somnambulizm juda charchab qolganda, astenik nevrozlarda, mstermyada,ogʻir kasalliklardan tuzalayotganda paydo boʻlishi mumkin. Somnambulizm uyqu paytvda markaziy nerv sistemasining tormozlanishi miyaning harakat funksiyasini belgilaydigan sohasiga tarqalmaganda roʻy beradi. Notoʻliq, yuzaki tormozlanishga uxlab yotgan odamning tushida gapirishi, oʻrnidan turib oʻtirishi misol boʻla oladi. Biroq ancha roʻyrost buzilishlar Somnambulizm deb ataladi. Bunda uxlab yotgan odam oʻrnidan turib, maqsadsiz yuradi yoki koʻrgan tushiga qarab harakat kiladi, ertalab uyqudan turgach, buni zoʻrga eslaydi yoki butunlay eslay olmaydi. Somnambulizmga uchragan isterik tabiatdagi odam boʻlgan yuqeani lof urib gapiradi.

Ensiklopediya.uz
SOMNAMBULIZM