SKIFLAR
SKIFLAR — Qora dengizdan shim. gʻarbda, Dunay va Don, Dnepr va Dnestr daryolari quyi xavzalaridan to Volgaga qadar boʻlgan hududlarda yashagan chorvador aholi (mil. av. 7—mil. 3-a.). Yevropa adabiyotida Skiflar haqida shim. eron tillarining turli lahjalarida soʻzlovchi qabilalar sifatida tasavvur shakllangan. Aslida esa bu hududlarda skiflarga qadar yashagan kimmeriylar eron zabon boʻlgan. Gerodotning yozishiga qaraganda, bu yurtlarga S. Osiyodan koʻchib kelganlar va yerli aholining til muhiti taʼsirida eronlashganlar. Asl vatani Volgadan sharkda, yaʼni Osiyoning Qozogʻiston choʻllari, Jan. Ural va Oltoy hamda Jan. Sibir hududlari boʻlib, skif qabilalari aslida turkiy tillarning turli lahjalarida soʻzlashuvchi oriylar edi. Chunki, shu mintaqalar aholisining moddiy madaniyati va antropologik tipi jez davridan boshlab birbiridan farq qilmaydi. Ilk Shim. Xitoy podsholiklari (mil. av. 2205—1766-y. larda «Shya», mil. av. 1766—1122-y. larda «Shong» sulolalari)dan kalgan yozma manbalarga koʻra, «di» turk soʻzining xitoycha transkripsiyasidir. Ular Xitoydan shim. da va shim. garbda yashashgan. Kdd. xitoychada «bey» soʻzi shim. ni koʻrsatgan. «Bey»ga «di» qoʻshilib, hosil boʻlgan «beydi» soʻzi esa ilk Xitoy podsholiklari davrida ulardan shim. da yashovchi chorvador turkiy tilli hunnu qabilalariga nisbatan ishlatilgan. Demak, jez davrida Jan. Ural, Markaziy va Sharqiy Qozogʻiston, Oltoy va Jan. Sibir mintaqalarida yashab, arxeologik adabiyotlarda Andronovo madaniyati nomi bilan yuritilgan qad. chorvador aholi turkiy zabon boʻlgan. Skiflar Yevrosiyo choʻllari aholisiga ellinlar tomonidan berilgan umumiy nom boʻlib, eron manbalarida ularni saklar deb yuritilgan. Gerodot «forslar skiflarni saklar» deb ataydi deb yozadi. soxillari Aholisiga skif atamasi ishlatilsa, Oʻrta Osiyo, Yettisuv va Qozogʻiston choʻllari hamda Togʻli Oltoy aholisiga nisbatan koʻproq sak atamasi ishlatilib kelinadi. Gerodotning yozishiga qaraganda, osiyolik Skiflar dastlab shim. va sharqiy Qora dengiz sohillarini egallab, yerli tub Aholi — kimmeriylar ustidan oʻz hukmronligini oʻrnatgach, kimmeriy suvoriylarini Kichik Osiyoga quvadilar, soʻng Midiya, Suriya va Falastin hududlarini, Shim. Mesopotamiyani egallaydilar.
Ensiklopediya.uz
SKIFLAR