SIKHIZM
SIKHIZM — Hindistondagi monoteistik din; hinduiyliksat diniyislohotchilik harakatining gʻoyaviy shakllaridan biri. 16-a. boshlarida Panjobda paydo boʻlgan. Sikhizm asoschisi — Nanak (1469—1539). Ilk Sikhizm shaharda yashovchi savdogarhunarmandlar doiralari mafkurasini ifodalagan. Sikhizm barcha odamlarni xudo oldida teng hisoblaydi, tarkidunyochilik (asketizm), monaxlikni qoralaydi, maʼnaviy ustoz — guruga soʻzsiz tobelikni targʻib qiladi. 18-a. boshida zamindorlarga qarshi harakatning mafkurasi boʻlgan, biroq 18-a. 2-yarmiga kelib sof liniy oqimga aylandi. Hoz. vaqtda sikhlar oʻrtasidagi ijtimoiy ziddiyatlarning kuchayishi bois ularning ichida turli oqimlar va siyosiy partiyalar vujudga kelgan. Sikhizmning diniy markazi Amritsar sh. hisoblanadi.
Ensiklopediya.uz
SIKHIZM