SIBORG
SIBORG (Seaborg) Glenn Teodor (1912.19.4, Ishpeming, Michigan shtati — 1999) — amerikalik fizik va kimyogar, AQSH Milliy FA aʼzosi (1948). LosAnjeles un-tini tugatgan (1934). Kaliforniya un-tida ishlagan (1937-y. dan; 1945-y. dan prof., 195861-y. dan prezidenti). 1942—46 y. larda Chikagodagi Metallurgiya lab. sida, 1954—61 va 1971-y. dan Berklidagi Radiatsion lab. ning ikkinchi direktori. 1961—71 y. larda AQSH atom energiyasi boʻyicha komissiya raisi. Ilmiy ishlari radiokimyo, yadro kimyosi va yadro fizikasiga oid. E. Makmillan bilan hamkorlikda plutoniyni sintez qilgan (1940—41), boshqa olimlar bilan hamkorlikda ameritsiy, kyuriy (1944), berkliy (1949), kaliforniy (1950), eynshteyniy (1952), fermiy (1953) va mendeleyeviyni (1955) ochgan. Keyingi yillarda ancha ogʻir elementlarni sintez qilishda ishtirok etgan. Nobel mukofoti laureati (1951; E. Makmillan bilan qamkorlikda).
Ensiklopediya.uz
SIBORG