SERJUN ECHKI ZOTI
SERJUN ECHKI ZOTI — bir xil tolalardan iborat yarim mayin jun beradigan echki zoti. 1937—62 y. larda Oʻrta Osiyoda mahalliy dagʻal junli echkilarni angor zoti takalari bilan takroriy chatishtirish usuli orqali chiqarilgan. Tana tuzilishi chogʻroq. Takalari oʻrtacha 55—56 kg, echkilari 38 — 40 kg keladi. Qirqib olinadigan jun chiqimi takalaridan 3—4 kg, echkilaridan 1,2—2 kg. 4—5 oy emizish davrida echkilari 120 kg gacha sut beradi.
Ensiklopediya.uz
SERJUN ECHKI ZOTI